1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida 263,3 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangan

106 gektar yer maydonida 516 ta holatda qonunbuzilish holatlari bartaraf etilgan.

Toshkent viloyatida 263,3 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangan

 

Joriy yil Toshkent viloyatida 1 409 ta holatda 263,3 gektar yer maydonida o‘zboshimchalik bilan egallangani va noqonuniy qurilmalar qurilgani maʼlum bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi maʼlum qildi. 

 

Bular 112,2 gektar yer maydonida 936 ta holatda uy-joylar, 108,7 gektar yer maydonida 338 ta holatda noturar joylar qurilishi va 135 ta holatda 42,2 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlaridir.

 

Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda hududiy bo‘linmalar tomonidan ushbu aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar, mahalliy hokimliklarga taqdimnomalar, prokuratura organlariga maʼlumotnomalar hamda sudlarga arizalar yuborilgan. Bundan tashqari, 106 gektar yer maydonida 516 ta holatda qonunbuzilish holatlari bartaraf etilishi taʼminlangan.

 

Avvalroq, Jarqo‘rg‘on tumanida zaxiradagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani  hamda noqonuniy yerdan foydalanib, imorat tiklagan fuqaroga ogohlantirishdan so‘ng chora ko‘rilgani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика