Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir etganligi haqidagi xabarlar ko‘pab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, 7-iyun kuni taxminan soat 17:00 larda 1968-yilda tug‘ilgan erkak kishi Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida, voyaga yetmagan 2015-yilda tug‘ilgan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.


