1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Toshkentda advokat va yurist pora bilan ushlandi

Hozirda ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Toshkentda advokat va yurist pora bilan ushlandi

Maʼlum qilinishicha, advokatlik firmasi advokati fuqaroga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bo‘yicha sudda ko‘rilayotgan shikoyatni mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilgan.

 

Natijada u tayinlangan jazoni 4 yil muddatga kamaytirib berish evaziga, har bir yil uchun 5 ming AQSH dollaridan, jami 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan, Toshkent shahridagi banklardan birining yuristi ham advokatdan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, bank yuristi prokuratura organlaridagi qarindoshi orqali yordam bermoqchi bo‘lganligi aniqlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan advokat hamda yuristga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика