
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida S.U. va B.A. ismli shaxslar fuqaro D.ga 200 ming dollar evaziga Toshkent viloyati o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 1 gektar yer maydonini vakolatli tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni vaʼda qilgani aniqlangan.
Ushbu shaxslar oldindan kelishilgan pulning 10 foizini hisoblab, 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Аvvalroq Bo‘stonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming AQSH dollarga olib berishni vaʼda qilgan, Buxoroda 10 ming dollar evaziga uy-joy qurish uchun yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani hamda hokimlik zaxirasidagi yerni 8 000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingandi. Shuningdek, DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olingani haqida xabar berilgandi.


