Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 2 nafar haydovchi o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 14 iyun kuni soat 11:00 larda Yunusobod tumani Rixsiliy ko‘chasida Lacsetti hamda Cobalt haydovchisi yo‘l talashish oqibatida o‘zaro tortishib qolgan. Shundan so‘ng B.X. yo‘lning qatnov qismida avtomashinasini to‘xtatib, qo‘lidagi jism bilan Cobalt avtomashinasini chap tomon eshik oynasiga urib, voqea joyidan ketib qolgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.X.ga nisbatan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.


