1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda yashil hudud yaratgan fuqaro jazolangani aytilgan holat bo’yicha Qo‘mita munosabat bildirdi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi voqea joyini o‘rganib, fuqaroning tashabbusi qonuniy va qo‘llab-quvvatlanayotganini ma’lum qildi.

Toshkentda yashil hudud yaratgan fuqaro jazolangani aytilgan holat bo’yicha Qo‘mita munosabat bildirdi

 


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yashil hudud barpo etgan fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi mazkur holatni joyiga chiqib o‘rgandi va 36 sotix maydon fuqarolar tashabbusi bilan obodonlashtirilgani, ushbu hudud allaqachon Qo‘mita nazoratida bo‘lgani aniqlandi. Avvallari tartibsiz chiqindi to‘plangan joy mahalliy aholi tashabbusi bilan tozalangan va kichik bog‘ga aylantirilgan.


Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, hududga 246 tup manzarali va mevali daraxtlar ekilgan bo‘lib, barcha ko‘chatlar “Yashil makon” platformasiga kiritilgan va rasmiy nazoratda turadi. Prezidentning 199-son Farmoniga muvofiq, fuqarolar va tashkilotlar bo‘sh maydonlarda bog‘lar barpo etishga haqli, shuningdek, bunday tashabbuskorlarga yer uchastkasini 10 yilgacha bevosita foydalanish uchun berish imkoniyati mavjud.


Qo‘mita hodisa bo‘yicha tarqalgan xabarlarning asossizligini ta’kidladi va tashabbusni yuqori baholadi. Mahalla bilan kelishilgan holda tashkil etilgan hashar orqali 300 ga yaqin fuqaro hududni obodonlashtirishga hissa qo‘shgan. Bugun ushbu maydon to‘laqonli jamoat bog‘iga aylangan bo‘lib, shahar atmosferasini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Qo‘mita yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика