1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan 7 ta bino yopildi

Odamlar ko‘p yig‘iladigan obyektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazildi.

Toshkentda yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan 7 ta bino yopildi

 

Toshkent shahrida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinmagan 7 ta bino faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 5-fevral kuni Toshkent shahri hududida odamlar ko‘p to‘planishi mumkin bo‘lgan obyektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan Davlat yong‘in nazorati tomonidan reja asosida tekshiruvlar o‘tkazilgan.

 

Nazorat tadbirlari davomida Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot, Yunusobod hamda Yashnobod tumanlarida joylashgan jami 7 ta bino va inshootda yong‘in xavfsizligi talablarining qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan. Ushbu kamchiliklar fuqarolar hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli, mazkur obyektlar faoliyati aniqlangan nuqsonlar to‘liq bartaraf etilguniga qadar vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Mas’ul idoralar ma’lumotiga ko‘ra, hozirda tadbirkorlik subyektlari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi tizimlarini me’yoriy talablar darajasiga keltirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, 31-yanvar kuni Toshkent shahri, Yashnobod tumanida joylashgan “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yuz bergan yong‘in oqibatida 3 yoshli qizaloq vafot etgan edi. Mazkur holat yuzasidan, Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotlarida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarining suiiste’mol qilinishi (JK 192-11-moddasi) va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish (JK 259-moddasi) holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика