1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp 2024 yilgi saylovda g‘alaba qozonadi

So‘nggi so‘rovnoma Baydenning obro‘si tushayotganini ko‘rsatdi.

Tramp 2024 yilgi saylovda g‘alaba qozonadi

 

Amerikaning Emerson College mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning obro‘si amaldagi prezident Jo Baydendan baland ekanini ko‘rsatmoqda.

Yakuniy natijaga ko‘ra, so‘ralganlarning 48%i Trampni, 44%i Baydenni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Natijalar amaldagi prezidentning obro‘si tushishda davom etayotganini ko‘rsatadi.

 

“So‘nggi bir yilda prezident Baydenning harakatlari bahosi +10 dan -8ga tushib ketdi”, - deydi professor Spenser Kimbell.

 

Tadqiqot mualliflari aholining pandemiyadan xavotirini ham o‘rganib chiqdi va bu borada vahima pasayganini aniqladi. Aksincha, ular hozirgi kunning asosiy muammosi sifatida inlyatsiyani sanashmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Tramp 2024 yildagi prezident saylovida ishtirok etish niyatini bildirgan. 

U hatto saylovoldi poygasi uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi. 

 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика