1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Baydenni "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri ishga tushirilishida aybladi

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Jozef Baydenni “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri tufayli tanqid qildi.Bu haqda sobiq prezident Fox News telekanalidagi chiqishida aytgan.

Tramp Baydenni "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri ishga tushirilishida aybladi

 

 

“Men Rossiyadan Yevropaga ketadigan quvurlarni yopgandim. Keyin esa Bayden prezident bo‘ldi va uning qilgan ishlaridan birinchisi bu quvurlarni ochish bo‘ldi”, – degan Tramp.

 

U Amerikaning Keystone XL Pipeline gaz quvurini yopilgani, lekin dunyodagi eng katta quvur “Shimoliy oqim-2” ochilishiga imkon berilganiga alohida to‘xtaldi.

 

Ma'lumot o'rnida: “Shimoliy oqim-2” (“Nord stream-2”) Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi Boltiq dengizi tubidan o‘tgan magistral gaz quvuri bo‘lib, uzunligi 1 234 kmni tashkil qiladi. Qurilishishlari 2016 yilda boshlangan bo‘lib, 2021 yilda yakunlanishi mo‘ljallangan. Ushbu noyob loyihada quvurlar to‘liq dengiz tubidan o‘tadi va Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya va Germaniya hududiy suvlariga yotqiziladi. 

 

O‘tgan oyda bu loyihaning qurilishi yakunlandi. Ammo haligacha gaz eksporti yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Yevropaning bir qator davlatlari va AQSH “Shimoliy oqim-2”ga qarshilik qilib keladi.

 

Bundan avval Jozef Bayden Rossiyaga nisbatan qatʼiyatsizlikda ayblangani hamda Vladimir Zelenskiy Bayden bilan uchrashuvda gaz quvuri ishga tushirilishiga qarshi ekanini maʼlum qilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика