1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp prezident bo‘lganda AQSH NATOni tark etardi — Xillari Klinton

Shuningdek, u sobiq prezidentning 2024 yili saylovlarda ishtirok etish imkoniyatini baholagan.

Tramp prezident bo‘lganda AQSH NATOni tark etardi — Xillari Klinton

 

Agar Tramp qayta prezidentlikka saylanganda, AQSH NATOni tark etgan bo‘lardi. Bu haqda Xillari Klinton maʼlum qildi.

 

“Agar Tramp 2020 yilda g‘alaba qozonganda, u NATOdan chiqib ketgan bo‘lardi. Bunga shubham yo‘q”, – degan siyosatchi.

 

Shuningdek, u alyansning Sharqqa kengayishi siyosatini eng maqbul yo‘l deb atagan.

 

“Men NATOning Sharqqa kengayishini to‘g‘ri ekanligiga ishonganman. Bunga qarshi fikrlarni esa kuchsiz deb bilaman. Hozir biz buning qay darajada dolzarb ekanini ko‘ryapmiz”, – deb qo‘shimcha qilgan Klinton.

 

Bundan tashqari, uning fikricha, agar Trampda imkoniyat paydo  bo‘lsa, u 2024 yilda o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yadi.

 

Avvalroq Tramp prezidentligi davrida Meksikaga raketa zarbalari berishni ko‘rib chiqqani maʼlum bo‘lgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика