Zarafshonda tilla qumini kavlash vaqtida 40-50 kishini qum bosib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. FVV axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirdi.
Maʼlum bo‘lishicha, 2021-yil 13-noyabr kuni soat taxminan 22:00 larda Konimex tumani "Karakata" OFY hududida joylashgan Lolazor nomli cho‘l hududida bir guruh fuqarolar tuproq tarkibidan tilla qumlarini kavlab olish bilan shug‘ullangan va kutilmaganda qum ostida qolgan. Oqibatda, 4 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.
Bosh prokuratura axborot xizmatiga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 61-avtokorxonaning ikki nafar ishchisi tuproq va qum bosib qolishi oqibatida vafot etgani hamda keyinroq ularning shaxsiga aniqlik kiritilgani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova


