1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turk va hind kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Kinematografiya agentligi tomonidan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida turk kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etildi.

Turk va hind kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etildi

 

 

Ushbu kechada taniqli turk kinoyulduzlari O‘zjan Deniz, Melisa Pamuk, Sefa Zengen, Dilan Deniz kabi turkiyalik aktyor va aktrisalar ishtirok etishdi. Tashrif buyurgan mehmonlarga o‘zbek va turk madaniyati aks etgan konsert dasturi taqdim etildi.

 

Shuningdek, poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda hind mehmonlari ishtirokida maxsus shou-konsert  ham tashkil etilgan. 

 

Sahnaga Hindiston delegatsiyasidan yurtimizga tashrif buyurgan Mithun Chakraborti, Bomani Irani, Kunal Kapur, Navab Shoh, Randhir Kapur va boshqa kinoyulduzlar o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi. 

 

Agentlikning bosh direktori Firdavs Abduxaliqov hamda hind aktyori Randhir Kapur boshchiligida afsonaviy hind kinoyulduzi Raj Kapurning byusti sahnaga olib chiqildi. Mazkur byust Kapurlar sulolasining o‘zbek xalqiga hurmati ramzi sifatida taqdim etildi.

 

Ijodiy kecha "Jahon mamlakatlari kinosi kunlari" doirasida tashkil etilgan bo‘lib, festival doirasida yana RossiyaHindiston kabi bir nechta davlatlarning ham kino kunlariga start berildi.

 

Avvalroq O‘zbekiston kinematografiya agentligi Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlari bilan kelishuvga erishildi. Shuningdek, Nikita Mixalkov OAV vakillari bilan uchrashgandi hamda italiyalik Franko Nero kino haqidagi o'z fikrlarini  aytgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика