1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiya sayyohlarini yo‘qotmoqda: Bunga sabab nima?

2025-yilning dastlabki 5 oyida Turkiyaga tashrif buyurgan sayyohlar soni 0,15 foizga kamaydi.

Turkiya sayyohlarini yo‘qotmoqda: Bunga sabab nima?

Yaqin yillargacha arzon va ommabop yo‘nalish sifatida tanilgan Turkiya, endilikda tez sur’atda oshayotgan narxlar fonida xorijlik sayyohlar sonining kamayishiga duch kelmoqda. Bu haqda Tourism Review nashri xabar berdi.

 

Soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, turar joy va boshqa sayyohlik xizmatlari narxlarining barqaror o‘sishi fonida Turkiya o‘zining narx ustunligini boy bermoqda. Natijada sayyohlar hozirda Gretsiya, Ispaniya, hattoki Italiya kabi muqobil yo‘nalishlarni afzal ko‘rmoqda.

 

Masalan, Antaliya yoki Bodrum kabi kurort shaharlarida o‘rtacha oilaviy dam olish qiymati 3200 yevrogacha yetgan. Solishtirish uchun, Gretsiyada xuddi shunday xizmatlar 1695–2125 yevro atrofida taklif qilinmoqda.

 

Izmirdagi Turkiya sayyohlik agentliklari uyushmasi rahbari Kivanich Merich bu borada shunday deydi: “Turkiya narx ustunligini yo‘qotdi. Sayyohlar endi bir xil narxga ko‘proq qulaylik va xizmat oladigan yo‘nalishlarni qidirmoqda.”

 

Turkiya Statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki 5 oyida mamlakatga kelgan xorijiy sayyohlar soni 2024-yilga nisbatan 0,15 foizga kamaygan. Eng katta pasayish Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Bolgariya fuqarolari orasida kuzatilmoqda.

 

Turkiya 2024-yilda 56,7 million sayyoh qabul qilib, Italiyani ortda qoldirgan edi. Biroq ekspertlar fikriga ko‘ra, narxlarning yuqoriligi davom etsa, bu ko‘rsatkichlar saqlab qolinmasligi mumkin, va mamlakat o‘zining mintaqadagi raqobatbardosh turizm markazi maqomini boy berishi ehtimoli mavjud.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика