1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiya Ukraina va Gruziyaning NATOga intilishini qo‘llab-quvvatladi

Turkiya Gruziya va Ukrainani NATOga qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlashini maʼlum qildi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu ana shunday fikr bildirgan.

Turkiya Ukraina va Gruziyaning NATOga intilishini qo‘llab-quvvatladi

 

 

“Biz Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaymiz va Qrim anneksiyasini tan olmaymiz. Fikrimcha, Ukraina va Gruziyaning NATOga intilishini  qo‘llab-quvvatlash zarur”, –– degan Chavusho‘g‘lu. Shu bilan birga bu Turkiyaning Rossiya bilan munosabatlariga taʼsir qilmasligini qayd etgan. “Biz Rossiya bilan muloqotdamiz. Prezident (Erdo‘g‘an) rossiyalik hamkasbi bilan yaxshi aloqalarga ega.  Bizning siyosatimiz ochiq”, –– degan vazir.

 

Turkiya boshqa NATO davlatlari kabi Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishini tan olmaydi. Anqara Qrimni Ukrainaga tegishli deb hisoblaydi. 

 

Bundan avval Yevropa Ittifoqi Ukrainada harbiy missiya ochmoqchi ekanligi hamda NATO bosh kotibi Rossiya bilan muloqot muhim ekanini aytgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика