1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiya yana BMTga "tosh otdi"

So‘nggi vaqtlarda tashkilot faoliyatiga bo‘lgan tanqidlar ko‘paydi.

Turkiya yana BMTga "tosh otdi"

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu BMT sayyoradagi muammolarni yechishga qodir emasligini maʼlum qildi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.

 

"BMT tuzilmasi muammolarni hal etishga qodir emas. Masalan, Xavfsizlik kengashi pandemiya bo‘yicha qo‘shma qaror uchun uch oy vaqt sarfladi", — degan u.

 

Diplomat, shuningdek, Anqaraning Rossiya-Ukraina muzokaralaridagi vositachilik rolini adolatli deb atagan.

 

Turkiya hukumati uzoq yillar davomida BMTni tanqid qilib keladi. Moskva va Kiyev o‘rtasida harbiy nizo boshlangandan so‘ng bu tendensiya yana-da kuchaydi.

 

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri BMTni isloh qilish zarurligini aytgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика