1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada yo‘lning sirpanchiqligi sabab avtobus ag‘darildi

Ikki kishi halok bo‘lgan, 24 nafar inson yaralandi.

Turkiyada  yo‘lning sirpanchiqligi sabab avtobus ag‘darildi

 

Turkiya shimolidagi Amasiya shahri yaqinida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, kamida 24 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Milliyet. 

 

Hodisa Gokheyuk hududidagi Amasiya-Korum avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusi haydovchisi sirpanchiq yo‘lda boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda transport vositasi ag‘darilgan. Qayd etilishicha, ikki jabrlanuvchining ahvoli og‘ir. Amasiya-Korum avtomagistrali vaqtincha yopildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikada yuzdan ortiq muhojirni olib ketayotgan tirkamali yuk mashinasi halokatga uchrashi oqibatida 5 kishi qurbon bo‘lgan. 

 

Shuningdek, Meksikada o‘tgan oyda sayyohlik avtobusi tormozi ishlamay qolishi oqibatida halokatga uchragandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика