1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Tushuntirish xatida nima deb yozish xodimning ixtiyoriga bog‘liq

SAVOL. Tushuntirish xatini kompyuterda yozgan edim, ammo mendan qo‘lda yozishimni talab qilishyapti. Bundan tashqari, shanba kunlari ham ishlaganimni yozsam, bu haqida yozmasligim kerakligini aytishyapti, shu to‘g‘rimi?

Tushuntirish xatida nima deb yozish xodimning ixtiyoriga bog‘liq

 

JAVOB.

Eslatma. Tushuntirish xati – har qanday fakt va hodisaning sabablarini (ish joyida yo‘qligi, kechikish, mehnat vazifalarini buzish, ish beruvchining mulkiga zarar yetkazish va boshqalar) tushuntirib beruvchi rasmiy hujjatdir.

 

Mazkur savolga amaliyotchi yurist Saidali Muxtoraliyev quyidagicha javob beradi:

 

“Tushuntirish xatining shakliga (qo‘lda yoki kompyuterda yozilishiga) nisbatan qonun hujjatlarida hech qanday talab belgilanmagan. Shuning uchun maʼlum bir tashkilotlarda qabul qilingan ish yuritish shakliga muvofiq tushuntirish xati kompyuterda ham, qo‘lda ham yozilishi mumkin”.

 

Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim.

Mehnat kodeksi. 182-modda.

 

Mutaxassis Mehnat kodeksining mazkur moddasini misol qilib keltirar ekan, “sizdan intizomiy jazo qo‘llash maqsadida tushuntirish xati talab qilinayotgan bo‘lsa kerak”, - deydi.

 

Saidali Muxtoraliyevning taʼkidlashicha, xodimga nojo‘ya harakat yoki harakatsizlik uchun intizomiy jazo qo‘llash maqsad qilinganda, nima uchun undan tushuntirish talab qilinadi, buning asosiy maqsadni tushunib olish kerak.

 

“Tushuntirish xati talab qilishdan asosiy maqsad, nojo‘ya harakat yoki harakatsizlik qilganlikda ayblanayotgan xodimning haqiqatda aybi bormi yoki yo‘qmi, bunga sabab bo‘lgan holatlar aslida nima uchun kelib chiqqan, shu faktlarga xodim tomonidan aniqlik kiritishdir”.

 

Mutaxassis yuqorida aytgan so‘ziga izoh berar ekan, shunday deydi:

 

“Yaʼni, tushuntirish xati orqali xodimga o‘zining aybsizligini isbotlash, yo bo‘lmasam, o‘zidagi uzrli sabablarni bayon qilish imkoni beriladi. aynan shu sababli ham, tushuntirish xati xodimning tilidan erkin holda yoziladigan hujjat hisoblanadi”.

 

Amaliyotchi yurist Saidali Muxtoraliyev tushuntirish xatini ish beruvchi yoki uning vakili yohud qandaydir tekshiruvchilar aytib turganiga qarab yozdirish amaliyotini noto‘g‘ri deb hisoblashini taʼkidlaydi.

 

“Tushuntirish xatingizda aybsizligingizni yoki boshqa uzrli sabablarni keltirishingizga hech kim to‘sqinlik qilolmaydi”, - deydi mutaxassis.

 

Avvalroq boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish tartibi bo‘yicha mutaxassis maslahat bergan edi

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика