1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina 2022 yil oxirigacha Xersonni qaytarib olmoqchi

Avgust oxirida ukrainaliklar Rossiya kuchlariga qarshi hujumga o‘tdi.

Ukraina 2022 yil oxirigacha Xersonni qaytarib olmoqchi

 

Ukraina yil oxirigacha Xerson viloyatini Rossiyadan qaytarib olmoqchi. Bu haqda CNN Amerika va Ukraina amaldorlariga tayanib xabar berdi.

 

Unga kura, ukrain armiyasi eng kamida Dnepr g‘arbiy qirg‘og‘idagi barcha yerlarni, xususan, Xerson va Qrimga chuchuk suv yetkazib beradigan kanal joylashgan Novaya Kaxovkani ozod qilmoqchi.

 

Ammo bu rejani amalga oshirish amerikalik amaldorlarga murakkab tuyulgan. Ammo ular ukrainaliklar jang maydonida muvaffaqiyatga erishishda davom etsa, bunga erishish mumkin degan fikrda.

 

Avgust oxirida Kiyev Xerson yo‘nalishida hujumga o‘tgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Hozirga kadar ayrim aholi punktlari ularning nazoratiga qaytgan.

 

CNN xabariga kura, hujum 160 km kenglikda olib borilmoqda, bu rossiyaliklarning bir nuqtada ko‘shin jamlashiga imkon bermaydi. Shu bilan birga Rossiya nazorati ostidagi hududlarda partizanlik harakati kuchaygani aytilmoqda.

 

Avvalroq Vladimir Zelenskiy Qrimda Rossiya bazalariga qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirilishini aytgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика