1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina g‘allasi Ruminiya orqali dunyo bozoriga chiqarilishi mumkin

Bu bo‘yicha Fransiya prezidenti maʼlumot berdi.

Ukraina g‘allasi Ruminiya orqali dunyo bozoriga chiqarilishi mumkin

 

Ukraina g‘allasining Ruminiya orqali olib chiqib ketish yo‘nalishi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ruminiyaga g‘alla Odessa porti orqali yetkazib beriladi. Makron va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya ishtirokida diplomatik yechim topishga harakat qilmoqda.

 

Fransiya prezidenti Odessa portining Ruminiya-Ukraina chegarasiga yaqin joylashganini qayd etgan. Don bu yerga olib kelingach, temiryo‘l va Dunay daryosi orqali butun dunyoga yetkazib beriladi.

 

Makronning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya ushbu jarayonga yordam berish maqsadida o‘z ekspertlari, harbiylari va tashkilotlarini jalb qilishga tayyor.

 

Avvalroq Makron Ukrainaga og‘ir qurollar yetkazib berishga vaʼda bergandi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика