1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ukraina Xavfsizlik xizmati polkovnigi o‘ldirib ketildi

Jinoyatchi unga besh marta o‘q uzgan va qochib ketgan.

Ukraina Xavfsizlik xizmati polkovnigi o‘ldirib ketildi

Bugun, 10 iyul tongida Kiyevning Goloseyev tumanida Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) polkovnigi o‘ldirildi. Bu haqida “RBK-Ukraina” nashri yozmoqda.

 

Kiyev politsiya boshqarmasi Goloseyev tumanida o‘q otuvchi quroldan jarohatlanish bilan erkak kishining jasadi topilganini tasdiqladi, biroq boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi.

 

“SBU va Milliy politsiya jinoyatning barcha holatlarini aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun kompleks choralarni ko‘rmoqda”, – deyiladi SBU bayonotida.

 

Ukraina Oliy Radasining sobiq deputati Igor Mosiychukning maʼlum qilishicha, o‘ldirilgan shaxs – SBU polkovnigi Ivan Voronich bo‘lib, u Maxsus operatsiyalar markazining 16-boshqarmasi 1-bo‘limida katta operativ xodim bo‘lib ishlagan.

 

Mosiychukning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi Voronichga besh marta o‘q uzgan va voqea joyidan qochib ketgan. Voronich olgan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика