1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Ukrainadagi urush erta yoki indinga tugamaydi“

Makron Ukrainadagi vaziyat haqida gapirdi.

“Ukrainadagi urush erta yoki indinga tugamaydi“

“Ukrainaga uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlarini berish muhim hisoblanadi. Harbiy harakatlar to‘xtaganidan keyin urushning Ukraina hududiga qaytmasligini kafolatlash zarur. Bu chora-tadbirlar nafaqat Kiyev uchun, balki butun Yevropa barqarorligi uchun asos bo‘ladi. Yevropada tinchlik va xavfsizlikka erishish yevropaliklar ishtirokisiz va ularning o‘zaro muzokaralarisiz imkonsiz”, — deya fikr bildirdi Fransiya yetakchisi.

 

Makron, shuningdek, joriy yilning may oyiga qadar Fransiyaning milliy mudofaa strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi. Bu strategiya Fransiyaning global mudofaa va qayta qurollanish asoslarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.

 

Bundan tashqari Makron Fransiyada ixtiyoriy safarbarlik eʼlon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Ukrainadagi harbiy amaliyotlardan keyin yuzaga kelgan ehtimoliy tahdidlar sababli Fransiya armiyasini kuchaytirish uchun zarur hisoblanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика