1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainaga G‘arb davlatlari tanklari berilmayotgani sababi ochiqlandi

Shu bilan birga Kiyevda aynan shu turdagi texnikaga ehtiyoj kattaligi qayd etilgan.

Ukrainaga G‘arb davlatlari tanklari berilmayotgani sababi ochiqlandi

 

Ukraina Rossiyaga arshi hujumni davom ettirish uchun G‘arbdan tezkor tartibda zamonaviy tanklar yetkazib berishni so‘ramoqda. Politico esa G‘arb davlatlari buni hozircha ortga surayotgani to‘g‘risida xabar bergan.

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, tanklar Kiyev so‘rayotgan qurol-yarog‘lar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. Ayniqsa, Rossiya tomonidan qisman harbiy safarbarlik eʼlon qilingach, bu yana-da dolzarb tus oldi.

 

Harbiy ekspertlar muvaffaqiyatli hujumlar uchun Ukrainaga M1 Abrams va  Leopard tanklari zarurligini taʼkidlagan. Amaldorlar logistika va ekipajni o‘qitish bilan bog‘liq muammolar tufayli bu turdagi texnikani yetkazib berishni ortga surmoqda.

 

“Ukrainaga nafaqat Amerika tanlari, balki ularga xizmat ko‘rsatish uchun detallar berish kerak – bu katta to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda”, – degan Politico bilan suhbatlashgan manbalardan biri.

 

Gazeta bu tanklar Sovet davrida ishlab chiqarilgan texnikalardan keskin farq qilishini qayd etgan.

 

Yozda Ukraina Germaniyadan Leopard tanklarini yetkazib berishni so‘ragandi. Ammo Berlin bir necha bor buni inkor qilgan.

 

Avvalroq Vladimir Zelenskiy Germaniyani qurol yetkazib berishni ortga surishda ayblagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика