1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainaga harbiy yordam berish AQSHni zaiflashtirishi mumkin — Bloomberg

Avvalroq Vashington 750 million dollarlik yordam paketini ajratgandi.

Ukrainaga harbiy yordam berish AQSHni zaiflashtirishi mumkin — Bloomberg

 

Ukrainaga harbiy yordam yetkazib AQSH shaxsiy qurol zahiralarining katta qismini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligida maqola eʼlon qilindi.

 

Maqola muallifi Xel Brendsning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Ukraina atrofidagi vaziyatda "demokratiya arsenali" vazifasini bajarmoqda. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu arsenal zaxiralari kamatsishi mumkin.

 

"Qo‘shma Shtatlar allaqachon o‘zining tankka qarshi Javelin raketalar tizimining uchdan birini yetkazib berdi", — degan ekspert.

 

Shuningdek, hozirda Ukraina armiyasiga aviatsiya va o‘q-dori ham yetishmayapti. Agar ularning yetkazib berilishi xam ko‘paytirilsa, Vashington qurol-yarog‘ omborlaridagi rezervlarning o‘ta kamayib ketishiga duch keladi. Brends ularning o‘rnini to‘ldirish uchun oylar yoki bir necha yil ketishidan ogohlantirgan.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy yoki Rossiya bilan nizoda Qo‘shma shtatlar shaxsiy zaxiralarini bir necha kunda tugatib qo‘yishi mumkin.

 

"Shu tariqa G‘arb davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish yoki chegaralangan zaxiralarni saqlab qolish tanlovi oldida turibdi", — deb xulosa qilgan Brends.

 

Avvalroq Vashington Kiyevga 750 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика