
Unda aytilishicha, shu yilning sentyabr oyida kompaniya “Chevrolet Lacetti” avtomobilining ishlab chiqarish liniyalarida optimizatsiya ishlarini olib borgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, “Chevrolet Lacetti” avtomobilining ishlab chiqarish hajmi kuniga o‘rtacha 280 dan 320 taga yetgan.
Liniyalarning modernizatsiya qilinishi oyiga 1000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkonini beradi.
“Ishlab chiqarishning ko‘payishi yuzaga kelayotgan navbatlarni qisqartiradi va mijozlarga ushbu ommabop avtomobilni qisqa muddatlarda yetkazib berishni taʼminlaydi”, – deyiladi kompaniya xabarida.
Bundan avval “UzAuto Motors”ning sof foydasi qariyb 70 foizga o‘sgani, “UzAuto Motors” “Chevrolet Lacetti” va “Spark” ishlab chiqarishni tiklagani hamda deputat Kusherbayev “UzAuto Motors”ni tanqid qilgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


