Yevropa xavfsizligi muvozanati yo‘qotilishi Ukraina inqirozining asosiy sababidir. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I maʼlum qildi.
"Ukraina masalasining dastlabki sababi Yevropa xavfsizligining balansi yo‘qolganiga borib taqaladi. Qaytadan teng muvozanatli, samarali va barqaror xavfsizlik tizimini qurish kerak. U bo‘linmas xavfsizlik tamoyiliga asoslanishi lozim, shundagina Yevropada uzoq muddatli barqarorlik va tartibga erishish mumkin", — degan u Fransiya prezidentining diplomatik maslahatchisi Emmanuel Bonn bilan suhbatda.
Van I barcha tomonlar muzokaralar uchun harakat qilishi zarurligini taʼkidlagan.
"Bir tomondan o‘t ochish rejimini to‘xtatish haqida baralla gapirish, ikkinchi tomondan to‘xtovsiz ravishda zamonaviy qurollarni yetkazib berib, harbiy eskalatsiyani kuchaytirish mumkin emas", — deb qo‘shimcha qilgan diplomat.
Shuningdek, u tinchlik muzokaralariga chaqirish bilan birga bir tomonlama sanksiyalar joriy etish maqbul siyosat emasligiga eʼtibor qaratgan.
Avvalroq Van I Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


