1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Vashington yana Moskva bilan muloqotga tayyorligini bildirdi

AQSHning maxsus vakili bu bo‘yicha rejalarni ochiqladi.

Vashington yana Moskva bilan muloqotga tayyorligini bildirdi

 

Vashington Moskva bilan qurollar ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida muloqot o‘tkazishga tayyor. Bu haqda AQSHning yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha maxsus vakili Adam Sheynman maʼlum qildi

 

"Biz Rossiya bilan kelajakda qurollanish ustidan zamonaviy nazorat tizimini yaratish bo‘yicha muloqot o‘tkazishga tayyormiz. Ammo Moskva bunga vijdonan yondashishi kerak", — degan diplomat.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSHning joriy administratsiyasi hokimiyat tepasiga kelishi bilan ushbu masalada ishni boshlagan. Shu bilan birga Qo‘shma Shtatlar Kreml bilan strategik barqarorlik bo‘yicha muloqotni ham qaytadan boshlamoqchi.

 

Avvalroq AQSH Rossiyaga strategik hujumkor qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnomani uzaytirishni taklif qilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика