Rossiya gazi narxiga chegara qo‘yilishi Yevropa manfaatlariga zid keladi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tartib joriy etilgan taqdirda Moskva YEIga gaz yetkazib berishni butunlay to‘xtatadi.
“Buni tan olish uchun Nobel mukofoti kerak emas”, – degan diplomat.
Juma kuni Yevroittifoq energetika vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Vengriyadan tashqari, Hozirga qadar Chexiya va Belgiya ham gaz narxiga chegara qo‘yilishiga qarshi chiqqan. Bu haqda chorshanba kuni Chexiya sanoat vaziri Yuzef Sikela maʼlum qilgan. U narxga chegara qo‘yilishi faqatgina siyosiy instrument ekanini, ammo muammoni hal qilmasligini aytgan.
Avvalroq Vengriya Rossiyadan gaz sotib olishni ko‘paytirgani haqida xabar berilgandi.


