1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Voyaga yetmaganlarning kartalari uchun yangi cheklovlar kiritildi

Shubhali pul operatsiyalarida qatnashgan bank kartalari bloklanadi.

Voyaga yetmaganlarning kartalari uchun yangi cheklovlar kiritildi

Prezidentning 2025-yil 30-apreldagi qaroriga binoan, voyaga yetmaganlar uchun bank kartalarini ochish bo‘yicha maxsus talablar ishlab chiqiladi. Endi banklar ota-onalarni farzandlari bilan bog‘liq shubhali yoki firibgarlik harakatlari haqida xabardor qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi. Bu esa ota-onalarga farzandlari moliyaviy faoliyatini nazorat qilishda yordam beradi.

 

Bundan tashqari, banklar va to‘lov tashkilotlari o‘z mobil ilovalariga antivirus tizimlarini o‘rnatib, foydalanuvchi qurilmalarida zararli dasturlar aniqlansa, mijozlarni ogohlantirishadi. Shuningdek, ichki ishlar organlari so‘roviga asosan, shubhali pul operatsiyalarida ishtirok etgan bank kartalari tezkorlik bilan bloklanadi, bu esa kiberjinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshiradi.

 

Yana bir muhim qadam sifatida Kiberxavfsizlik markazi kiberjinoyatlar bo‘yicha tekshiruvlar natijasini baholab beradi. Bundan tashqari, yangi tashkil etiladigan markaz esa kiberjinoyatlarni fosh etish, tergov jarayonlaridagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика