1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xalqaro jinoyat sudi “Tolibon” rahbarlariga nisbatan hibsga olish orderi chiqardi

2021-yildan beri ayollarning huquqlari keskin cheklangan Afg‘onistonda Tolibon siyosati insoniyatga qarshi jinoyat deb topilib sud rahbarlarni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.

Xalqaro jinoyat sudi “Tolibon” rahbarlariga nisbatan hibsga olish orderi chiqardi

 

Xalqaro jinoyat sudi (ICC) Afg‘onistondagi ayollar va qizlarga nisbatan jiddiy inson huquqlari buzilishlari uchun “Tolibon” rahbariyatiga nisbatan hibsga olish to‘g‘risida order chiqardi. Bu haqda sud matbuot xizmati e’lon qildi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, “Tolibon”ning oliy rahbari Haybatulloh Axundzoda hamda guruhning bosh sudyasi Abdul Hakim Haqqoniy “ayollar va qizlarga nisbatan jinsiy aloqador ta’qiblarni buyurish, ularga yordam berish yoki rag‘batlantirish orqali insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda” ayblanmoqda.

 

Qayd etilishicha, bu jinoyatlar 2021-yil 15-avgustda Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan boshlab 2025-yil 20-yanvargacha davom etgan. Sud mazkur muddatda Afg‘onistonda amalga oshirilgan siyosat fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini keskin cheklab, ayollar va qizlarni jins asosida turmush hayotidan butunlay chetlashtirganini ta’kidlagan.

 

Xususan, bu taqiqlar qotillik, qiynoq, erkinlikdan mahrum qilish, zo‘rlash, o‘g‘irlash kabi og‘ir jinoyatlar bilan birga yuz bergani qayd etilgan.

 

Prokuratura bu orderni 2025-yil yanvar oyida suddan so‘ragan edi. ICC ushbu ish doirasida ayollarga nisbatan sistematik ta’qiblarni insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” harakati 2003-yilda BMT Xavfsizlik Kengashi ro‘yxatiga kiritilgan va Rossiyada terrorchi tashkilot sifatida tan olingan edi. Biroq 2025-yil yozida Rossiya hukumati Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan olib, Moskvadagi elchixona binosiga Tolibon tomonidan joriy etilgan bayroqni osgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика