Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shila olmaydi. Bu haqda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.
Erdo‘g‘an buning sababini izohlar ekan, o‘z fuqarolarini gazsiz sovuqda qoldira olmasligini aytgan.
“Biz Rossiya bilan aloqalarni chetga sura olmaymiz. Siz bilasiz, men buni allaqachon tushuntirib berganman, birgina iste’mol qiladigan gazimizning yarmini Rossiyadan sotib olamiz. Bundan tashqari, RF bilan birga “Akkuyu” AESini quryapmiz. Biz buni inkor qila olmaymiz. Men buni Makron (Fransiya prezidenti)ga tushuntirib berganimda u : “Siz haqsiz” deb javob berdi. Biz bu masalada o‘ziga xoslikni saqlab qolishimiz kerak”, – degan u jurnalistlar bilan suhbatda.
Avvalroq Erdo‘g‘anning vakili Rossiyaga sanksiya qo‘llanilmasligi sababini ochiqlagandi.


