1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xitoy Germaniya harbiy samolyotini nishonga oldi

Shundan so‘ng Xitoy elchisi Germaniya TIVga chaqirilgan.

Xitoy Germaniya harbiy samolyotini nishonga oldi

Xitoy Yevropa Ittifoqi missiyasi chog‘ida Germaniya harbiy samolyotini nishonga oldi, deya xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

 

Germaniya Tashqi ishlar vazirligining maʼlum qilishicha, Xitoy harbiylari Qizil dengizda Yevropa Ittifoqining Aspides nomli operatsiyasida ishtirok etayotgan Germaniya samolyotini lazer bilan nishonga olgan. Mazkur operatsiyaning maqsadi fuqarolik kemalarini Yaman husiylarining hujumlaridan himoya qilish hisoblanadi.

 

“Germaniya harbiylari xavfsizligiga tahdid qilish va operatsiyani izdan chiqarishni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”, deyiladi Germaniya TIV bayonotida.

 

Shu munosabat bilan Xitoyning Berlindagi elchisi Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga izoh so‘rash uchun chaqirilgan. Bayonotda qanday lazer ishlatilgani va jabrlanganlar bo‘lgan-bo‘lmaganiga aniqlik kiritilmagan.

 

Bu Xitoy tomonidan sodir etilgan shu kabi ilk holat emas. Avval ham Xitoy harbiylari G‘arb davlatlariga tegishli samolyotlarga qarshi lazerlardan foydalanish orqali uchuvchilarga xalaqit qilgan va samolyotlarning elektronik tizimlariga zarar yetkazgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика