Xitoy Ukraina nizosining barcha tomonlarini muloqot va muzokaralarga chaqiradi. Bu haqda XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin maʼlum qildi.
“Xitoyning Ukraina nizosi bo‘yicha pozitsiyasi aniq: biz barcha tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatishga va muzokaralarga qaytishga chaqiramiz, shuningdek, har ikki tarafning xavfsizlik sohasidagi qonuniy xavotirlari inobatga olinishi zarur”, – deya diplomat Rossiyada eʼlon qilingan qisman harbiy safarbarlikka o‘z munosabatini bildirgan.
Maʼlumot o‘rnida: Vladimir Putin 21 sentyabr kuni Rossiyada qisman harbiy safarbarlik eʼlon qildi. Unga ko‘ra, qurolli kuchlar zaxirasida bo‘lgan va jangovar tajribaga ega 300 ming fuqaro armiya saflariga chaqiriladi.


