1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Xorijiy davlat fuqarolari majburiy deportatsiya qilinmaydi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha ayrim masalalarga oydinlik kiritdi.

Xorijiy davlat fuqarolari majburiy deportatsiya qilinmaydi

 

So‘nggi vaqtlarda fuqarolardan Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha ayrim masalalarga oydinlik kiritish maqsadida murojaatlar ko‘payganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatini amalga oshirishda milliy manfaatlarga, asosiy tamoyillar sanaluvchi, jumladan, ochiqlik, teng huquqlilik, suverenitet, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi ustuvorliklarga doimo sodiqdir.

 

O‘zbekiston mavjud vaziyatni xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish uchun shartlarni imkon qadar tezroq ishlab chiqish tarafdoridir.

 

O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelayotgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari sonining ko‘payishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning mamlakatimizda bo‘lish masalasi, shuningdek, ehtimoliy ekstraditsiya qilinishi O‘zbekiston qonunchiligi, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinishini qayd etamiz.

 

Shu bilan birga, huquqbuzarlik sodir qilmagan xorijiy davlat fuqarolari majburiy deportatsiya qilib yuborilmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика