Samarqand viloyati IIB ma`lumotiga ko`ra,1992-yilda tugʻilgan, Oqdaryo tumani Loyish shaharchasida yashovchi A.A., Turkiya davlatining Istambul shahrida yashab kelayotgan onasi, 1973-yilda tugʻilgan O.R. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 1999-yilda tugʻilgan M.ni aldov yoʻli bilan, kelgusida fohishalik maqsadda ishlatish uchun Samarqand xalqaro Aeroporti orqali, Turkiya davlatining Istambul shahriga yuborayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur xolat yuzasidan, Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


