Pokiston bosh vaziri Imron Xon nima uchun uning davlati “Tolibon”ni tan olmasligini aytdi. Bu haqda siyosatchi "Le Figaro" nashriga bergan intervyusida maʼlum qilgan.
Xonning so‘zlarga ko‘ra, u Islomobodni xalqaro izolyatsiyaga tushib qolishini istamaydi. “Тoliblar rejimini tan olgan yagona davlat sifatida yakkalanib qolishni istamaymiz”, – degan u.
Shu bilan birga Pokiston bosh vaziri “Tolibon” hukmronligini tan olishda hech qanday to‘siq yo‘qligini taʼkidlagan. Uning fikricha, harakat inklyuziv hukumat tuzishga hamda inson huquqlari, xususan, ayollar huquqini hurmat qilishga vaʼda bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston tashqi ishlar vazifasini bajaruvchi Amir Xon Mutaqqiy AQSHni bergan vaʼdalarini ustidan chiqmaslikda ayblagandi.
Jahongir Qo‘ziyev


