Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari yangi dunyo tartibotini yaratish zaruratini ko‘rsatdi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida maʼlum qildi.
"BMT Xavfsizlik kengashi doimiy aʼzosi Rossiyaning agressiv harakatlari yangi dunyo tartibotini yaratish zarurligini ko‘rsatadi", — degan u. Kisida Yaponiya uzoq yillar davomida xavfsizlik kengashini isloh qilishni taklif qilib kelganini eslatdi. Xususan, Tokio veto huquqiga ega davlatlarning huquqini qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan.
Yaponiya bosh vaziri bundan keyin ham yuqoridagi taklifni ilgari surishni va bu borada Fransiya bilan hamkorlik qilishni maʼlum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Rossiya ustidan xalqaro sudga murojaat qilgani to‘g‘risida xabar qilingandi.


