Bilim va malakalarni baholash agentligining xabar berishicha, 2023/2024-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti agentlikning my.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.
Maʼlum qilinishicha, abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining "Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga qabul" bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda abituriyentlar fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yo‘nalishini tanlash imkoniyatiga ega.
Maʼlumot uchun, abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan taʼlim yo‘nalishlariga qabul esa 10-iyul kuni yakunlanadi.


