1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent shahar transport boshqarmasining rasmiy xabariga ko‘ra, “Mashinasozlar metrosi — Yangi O‘zbekiston bog‘i” yo‘nalishi bo‘ylab yangi avtobus qatnovi tashkil etilmoqda.

“Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

 

 

Boshqarma xabariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatish istagida bo‘lgan tashuvchilarning arizalari 2021-yil 10-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi. 

 

Yo‘nalishning umumiy uzunligi 13 km, yo‘lga ketadigan vaqt – taxminan 36 daqiqa. Bu yo‘nalishda 6 ta avtobus ishlaydi. Ular orasidagi interval 12 daqiqani tashkil qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvvalroq Toshkentdagi xalqaro konferensiya tufayli ayrim avtobuslar yo‘nalishi o‘zgargani, Toshkentda 1 avgustdan 9 ta avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritilgani hamda yo‘lovchiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan avtobus haydovchisiga chora ko‘rilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика