Bugun, 24 iyul kuni Tailand va Kambodja armiyalari chegaraning nizoli hududida o‘zaro zarbalar almashdi. Bu haqida BBC nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ikki davlat chegarasida janglar bo‘lib o‘tmoqda. Tailand kamida uch nafar tinch aholi vakili, jumladan, besh yoshli bolaning og‘ir yaralanganini maʼlum qildi. Tailand hukumati Kambodja armiyasini kasalxonalardan biriga o‘t ochganlikda ayblamoqda.
Kambodja esa, aksincha, Tailandni artilleriya qurollaridan foydalanishda va o‘z hududiga aviazarbalar yo‘llaganlikda aybladi. Kambodja hukumati Tailandning harakatlarini “vahshiy va noqonuniy tajovuz”, shuningdek, “BMT Nizomi va xalqaro huquqning asosiy tamoyillarini qo‘pol ravishda buzish” deb atadi.
“So‘nggi paytlarda ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashib bormoqda. Mojaro chuqurlashgan sari Kambodja Tailanddan meva va sabzavotlar importini taqiqladi hamda Tailand filmlarini namoyish qilishni man qildi. Bundan tashqari, Ikki davlat o‘rtasidagi ko‘plab chegara o‘tish punktlari faoliyati to‘xtatilgan yoki cheklangan”, deya xabar bermoqda BBC.
Tailandning Kambodja bilan chegaradosh 4 ta viloyati rasmiylari keskin vaziyat fonida chegara yaqinida yashovchi aholining evakuatsiya qilinishini eʼlon qildi.
Kambodja bosh vaziri Hun Sen Tailand bilan chegarada yuzaga kelgan keskinlik sababli BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragan.


