1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

YeI 31-avgustda rossiyaliklarga viza berish masalasini ko‘rib chiqadi

Shuningdek, Ukraina uchun Yevropa hududida o‘quv bazasi ochish muhokama qilinadi.

YeI 31-avgustda rossiyaliklarga viza berish masalasini ko‘rib chiqadi

 

Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlari 31-avgust kuni Rossiya fuqarolariga viza berishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda YeI bosh diplomati Jozep Borrel ma’lum qildi.

 

Uchrashuv Pragada bo‘lib o‘tadi. Unda, shuningdek, Ukraina qurolli kuchlarining Yevropadagi ehtimoliy o‘quv mashg‘ulotlar bazasini yaratish masalasi ham muhokama qilinadi. 

 

“Yevroittifoq nafaqat Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish, balki yangi nizolarning oldini olish haqida fikrlashi kerak”, — degan Borrel.

 

Shu bilan birga diplomat yaqin hafta va oylar YeI uchun juda qiyin bo‘lishini, yevropaliklar erkinlik va xavfsizlik uchun tovon to‘lashga tayyor turishi zarurligini aytgan. 

 

Avvalroq Estoniya bosh vaziri Rossiya fuqarolariga Shengen vizalari berishni butunlay to‘xtatishga chaqirgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика