1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropaga yetkazib berish uchun zaxiralarimiz yetarli – Parviz Shahbazov

Ozarbayjon Yevropaga gaz yetkazib berishga tayyorligini bildirdi.

Yevropaga yetkazib berish uchun zaxiralarimiz yetarli – Parviz Shahbazov

 

Ozarbayjon zarur boʻlsa, qoʻshni davlatlarga gaz yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor. Mamlakat energetika vaziri Parviz Shahbazov Yevropaga gaz yetkazib berishni rejalashtirish zarurligini ta'kidladi. 

 

"Agar kerak bo'lsa, Turkiyaga bo'lgani kabi qo'shni davlatlarga ham yetkazib berishni ko'paytirishga tayyormiz.", - dedi Shahbazov Antaliyadagi Diplomatik forum chog'ida.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat Yevropani ta’minlash uchun yetarli miqdorda gaz zaxirasiga ega.

 

"Ozarbayjon bugungi kunda gaz ishlab chiqaradi va eksport qiladi hamda eksport imkoniyatlarini oshiradi. Bizda ma'lum sharoitlarda, yaqin 100 yilda foydalanish mumkin bo'lgan zaxiralarimiz bor. Yevropaga yetkazib berish uchun zaxiralarimiz yetarli", - deya qo'shimcha qildi vazir.

 

Avvalroq Boris Jonson keyingi haftada Saudiya Araistoniga tashrif buyurib, negt yetkazib berishni so'rashi ma'lum qilingan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика