1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropani ko‘proq to‘lashga majbur qiling — Tramp

Sobiq prezident YEIning Kiyevga ajratayotgan yordami miqdorini tanqid qildi.

Yevropani ko‘proq to‘lashga majbur qiling — Tramp

 

Donald Tramp Yevroittifoq Ukrainaga AQSHga nisbatan kam yordam berishda aybladi.

 

"Nima uchun Yevropa juda kam mablag‘ berayotgan bir paytda biz Ukrainaga 40 milliard dollar ajratamiz? YEI va boshqalarni adolatli ulushda pul to‘lashga majbur qiling", — degan AQSH sobiq prezidenti.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘z prezidentligi davrida u Yevropaning mudofaaga ko‘proq pul ajratishi taʼminlab, NATOni boyitgan.

 

"Ularning katta qismi yo umuman pul to‘lamasdi, yo juda kam mablag‘ ajratardi", — deb qayd etgan Tramp.

 

Avvalroq AQSH kongressi Ukrainaga 40 milliard dollarlik yordam paketini ko‘rib chiqqandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика