1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

YI yadro quroliga qarshi vositalarni kuchaytirish niyatida

Ittifoq ularning zaxirasini shakllantirishni boshlagan.

YI yadro quroliga qarshi vositalarni kuchaytirish niyatida

 

Yevropa Ittifoqi ommaviy qirg‘in qurollari, jumladan, yadro qurolidan himoyalanish tizimlarini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Agentlik suhbatdoshlaridan biri Ukrainada davom etayotgan harbiy mojaro Ittifoq mudofaa salohiyatini mustahkamlash masalasini yana-da dolzarblashtirgan. Yevroittifoq nafaqat yadro, balki kimyoviy va biologik qurollarga qarshi kurashni ham kuchaytirmoqchi.

 

Reuters maʼlumotlariga ko‘ra, YEI ehtimoliy dushmanning yuqoridagi qurollar bilan hujumiga qarshi vositalarning strategik zaxiralarini to‘plashni boshlagan. Shu bilan birga uning tafsilotlari nomaʼlumligicha qolmoqda.

 

Avvalroq Global Times gazetasi AQSH va YEI o‘rtasida kelishmovchiliklar tobora kuchayib borayotgani haqida yozgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика