1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Yulduz Usmonova va shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev yana “sud oktagoni”ga ko‘tarildi

Sudda xonandaning advokati “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘i "hech kim tanimaydigan" shoirni xalqqa tanitganini daʼvo qildi.

Yulduz Usmonova va shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev yana “sud oktagoni”ga ko‘tarildi

 

Kecha Toshkent shahar sudida shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev va O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘rtasidagi navbatdagi apellyatsiya sudi bo‘lib o‘tdi.

 

Sud jarayoni 11.00 ga belgilangan, biroq ish 12.30 da boshlangan. Maʼlumotlarga ko‘ra, Yulduz Usmonovaning o‘zi sudga kelmagan. Uning nomidan esa advokati qatnashgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev suddan jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishini, sud jarayoni OAV tomonidan yoritib borilishini iltimos qilgan. Biroq Usmonovaning advokati bunga rozi bo‘lmagan. Apellyatsiya sudlov hayʼati ham shoirning iltimosini rad etgan. Shu bois sudda OAV ishtirokiga ruxsat berilmagan.

 

Yulduz Usmonovaning advokati eʼtiroz sifatida bir masalani ko‘tarar ekan, quyidagicha so‘zlagan:

 

“Usmonova uning sheʼrini qo‘shiq qilib aytganligi uchun, shoir aslida maʼnaviy jihatdan foyda ko‘rgan, yaʼni unda o‘ziga ishonchi paydo bo‘lgan. Yulduz Usmonova qo‘shiqni aytib shoirni aslida uni elga tanitgan, ungacha shoirni hech kim tanimas edi. Shuning uchun shoir maʼnaviy zarar ko‘rganligi noto‘g‘ri”.

 

Mazkur daʼvoga Yo‘lchi Ro‘ziyev keskin eʼtiroz bildirgan. Chunki Ro‘zevning taʼkidicha, sheʼrdan mualliflik huquqini buzgan holda faoydalanganligi shoirning zarariga ishlagan. Shuningdek, keyingi jarayonlarda Usmonovaning advokati tomonidan taklif qilingan 3 nafar guvoh eshitilgan. Qizig‘i, ularning barchasi xonandaga qaysidir jihatdan yaqin kishilar bo‘lib, uchalasining bergan ko‘rsatmalari ham daʼvogar, yaʼni shoir Yo‘lchi Ro‘ziyevni rad etgan. Shunday bo‘lsa ham, sudlov hayʼati jarayon davomida taraflarga kelishuv bitimi tuzishlari mumkinligini eslatib o‘tgan. Taraflar suddan tashqari kelishuv tuzishga harakat ham qilishgan, biroq o‘rtadagi kelishuv summa tufayli amalga oshmagan.

 

Sud jarayonida, shoir tomoni ham, xonanda tomoni ham ish uchun dalil bo‘luvchi videoyozuvlar aks etgan disklarni taqdim etgan. Sud mana shu dalillarni atroflicha o‘rganib chiqish uchun tanaffus eʼlon qilgan.

 

Maʼlumot uchun, keyingi sud jarayoni 2022 yil 11 yanvar kuni, soat 12.00 ga belgilangan.

 

Avvalroq “Xasta bo‘lma” ishi tinchib ketmagani hamda Yulduz Usmonova sud qaroriga ko‘ra shoirga 185 million so‘m to‘lashi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика