1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yun Sok Yol KXDR yadro dasturini dunyoga chaqiriq sifatida baholadi

Janubiy Koreya rahbari Pxenyan tomondan tahdidlar kuchayganini taʼkidlagan.

Yun Sok Yol KXDR yadro dasturini dunyoga chaqiriq sifatida baholadi

 

KXDR navbatdagi yadro sinovlariga tayyorgarlikni yakunladi. Bu haqda Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol maʼlum qildi.

 

“Shimoliy Koreya nafaqat yadro qurolidan birinchi bo‘lib foydalanishini ochiq aytdi, balki, katta ehtimol bilan yadro sinovlariga tayyorgarlikni yakunladi”, – degan Prezident mamlakat parlamentidagi chiqishida.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Pxenyan to‘xtovsiz ravishda ballistik raketalar uchirishda davom etmoqda va bu kabi intensivlik avval kuzatilmagan. Yun Sok Yol raketa sinovlarini xalqaro hamjamiyatga chaqiriq sifatida baholagan.

 

KXDR tomondan kelayotgan tahdidga qarshi Janubiy Koreya yetakchisi AQSH va Yaponiya bilan mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytirishini taʼkidlagan. Shu bilan birga shimolliklar yadro dasturidan voz kechgan taqdirda Seul qo‘shnisiga katta iqtisodiy yordam vaʼda qilgan.

 

Avvalroq Janubiy Koreya AQSH yadro qurolidan birgalikda foydalanishni taklif qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика