1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

UNICEF qancha afg‘on bolalari ocharchilikka duchor bo‘lganini maʼlum qildi

UNICEF maʼlumotlariga ko‘ra, qariyb 2 million afg‘on bolalari ochlikdan aziyat chekishi mumkin. Bunga  aholining o‘ta qashshoqlashuvi va oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib ketishi asosiy sabab qilib ko‘rsatilgan.

UNICEF qancha afg‘on bolalari ocharchilikka duchor bo‘lganini maʼlum qildi

 

 

Hozirga kelib 1.5 million bola ochlikka duchor bo‘lgan. UNICEF mamlakatda to‘yib ovqatlanmaslik bilan bog‘liq kasalliklar avj olishidan ogohlantirmoqda.

 

“Hozirgi kunda butun Afg‘onistonda millionlab bolalar oziq-ovqat va tibbiy xizmatga muhtoj. Mamlakat bo‘ylab jami 14 million kishi to‘yib ovqatlanmayapti, shulardan 3.5 millioni bolalar”, – degan tashkilotning Afg‘onistondagi kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassisi Salom al-Janobiy.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, UNICEF va BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi so‘nggi ikki oyda bor quvvati bilan ishlayotganini aytgan. Buning natijasida hozirgacha 40 ming bola to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida kelib chiqqan kasalliklardan muolaja qilingan.

 

Indira Gandi nomidagi bolalar shifoxonasi Afg‘onistonda ko‘plab klinikalar dori-darmon yetishmasligi oqibatida yopilganini maʼlum qilgan. Ushbu shifoxona boshlig‘i Muhammad Latif Bohirning taʼkidlashicha, Afg‘oniston sog‘liqni saqlash tizimiga xalqaro yordam keskin kamaygan.

 

Bundan avval Kobulda yangi portlash, Jalolobodda otishma sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика