1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zamir Kabulov: Toliblar hokimiyatga kelgandan so‘ng ISHID jangarilari soni 3 barobar ko‘paydi

Diplomat sanksiyalar “Tolibon” kuchlarini zaiflashtirayotganini aytgan.

Zamir Kabulov: Toliblar hokimiyatga kelgandan so‘ng ISHID jangarilari soni 3 barobar ko‘paydi

 

Afg‘onistonda ISHID jangarilari soni 6 mingga yetdi. Bu haqda RF prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov maʼlum qildi.

 

“Taxminan ularning soni 6 mingga yetgan. Toliblar hokimiyatni egallagandan so‘ng ularning soni 2 ming atrofida edi, hozirda ular 3 barobarga ko‘paygan”, – degan diplomat.

 

Maxsus vakilning so‘zlariga ko‘ra, bu Afg‘onistondagi vaziyatning eng salbiy nuqtasi hisoblanadi. U nafaqat mamlakatning o‘zi uchun, balki uning qo‘shnilari uchun ham xavf tug‘diradi.

 

Kabulov sanksiyalar tufayli “Tolibon” o‘z jangovar shayligini saqlab turishga qiynalmoqda.

 

Avvalroq Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon toliblarni inklyuziv hukumat tuzilishiga to‘sqinlik qilishda ayblagandi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика