1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy: Qrimdagi Rossiya bazalariga yaqinlashmang

Ukraina prezidenti yarimorol aholisini ogohlantirdi.

Zelenskiy: Qrimdagi Rossiya bazalariga yaqinlashmang

 

Vladimir Zelenskiy Qrim aholisiga Rossiya harbiy obyektlaridan uzoqroqda bo‘lishni maslahat berdi

 

"Har kuni vaqtinchalik egallangan hududda yangi portlashlarni ko‘ryapmiz. Men Qrimdagi barcha odamlarimizdan, mamlakat janubidagi, Donbass va Xarkovdagi aholidan ogoh bo‘lishni so‘rayman. Iltimos, Rossiya armiyasi harbiy obyektlari va ular texnika hamda o‘q-dori saqlaydigan joylarga yaqinlashmang",— degan u.

 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Qrimda portlashlarga turli omillar sabab bo‘lishi mumkin.

 

Qrimda so‘nggi kunlarda tez-tez harbiy obyektlarda portlashlar kuzatilmoqda. Xususan, o‘tgan haftada Novofyodorovka aerodromi portladi. Kecha yarimorol shimolida o‘q-dori omborida yong‘in sodir bo‘ldi.

 

Avvalroq Ukraina Sevastopoldagi Rossiya harbiy-dengiz floti bazasiga hujum uyushtirgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика