Xitoy va Hindiston Ukraina xavfsizlik kafolatchilariga aylanishi mumkin. Bu haqda Vladimir Zelenskiy maʼlum qildi.
“Biz uchun hozir xavfsizlik kafolatchilari masalasi muhim. Biz Xitoy va Turkiyaga garant-davlat bo‘lishni taklif qildik. Shuningdek, Hindistonning bu mamlakatlar qatoriga qo‘shilish istagi bo‘lsa, biz uni ham taklif qilamiz. Hindiston – dunyoning o‘ta qudratli davlati”, – degan Ukraina yetakchisi Hindistonning Republic TV telekanaliga bergan intervyusida.
Shu bilan birga u Putin bilan uchrashishga tayyorligini yana bir bor taʼkidlagan.
Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Ukraina inqirozining asosiy sababini maʼlum qilgandi.


