1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy: Yevropa supermarket emas

Ukraina rahbari Rossiya fuqarolariga Shengen vizalarini bermaslikka chaqirdi.

Zelenskiy: Yevropa supermarket emas

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yana bir bor rossiyaliklarga Shengen vizalarini to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda u anʼanaviy kunlik videomurojaatida aytgan.

 

“Faqatgina hayoti xavf ostida bo‘lgan rossiyaliklargina sivilizatsion dunyo yordamini olishga haqli. Bu aniq yuridik jarayonlar orqali — qochqinlik maqomi, boshpana so‘rash, boshqa usullar bilan yordam berish va qo‘llab-quvvatlash mumkin. ammo bu faqatgina kurashayotganlar, taʼqib ostida bo‘lganlarga qo‘llanilishi kerak”, – degan Ukraina rahbari.

 

Prezident Yevropa supermarket emasligini, shu sababli Rossiya fuqarolariga turistik viza berish maqbul emasligini aytgan.

 

Avvalroq Estoniya rossiyaliklarga viza berishni to‘xtatishni taklif qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика